Asosiy mazmunga o'tish
Buyurtma.online

Foydalanish yo'riqnomasi

Platforma haqida

Buyurtma.online — Zomin tumanidagi do'konlar va xaridorlarni bog'laydigan onlayn bozor. Hozircha faqat Zomin tumani bo'ylab (Zomin, Dashtobod va qishloqlar) yetkazamiz. Barcha xabarlar Telegram bot @buyurtma_onlinee_bot orqali keladi.

Kirish

1. «Kirish» ni bosing va telefon raqamingizni yozing. 2. Birinchi marta bo'lsa, botni oching, «Start» ni, keyin «📱 Raqamni yuborish» ni bosing. 3. Bot 6 xonali kod yuboradi (5 daqiqa amal qiladi) — uni saytga yozing. Kodni hech kimga bermang.

Ilovani o'rnatish

Android (Chrome): pastda chiqadigan «O'rnatish» tugmasini bosing. iPhone (Safari): «Ulashish» → «Bosh ekranga qo'shish». Batafsil: buyurtma.online/app

Xaridor uchun: buyurtma berish

1. Mahsulotni toping: nomi, brendi yoki ID raqami bilan (masalan #35). 2. Rang/o'lchamni tanlab «Savatga» ni bosing. 3. Savatda «Rasmiylashtirish» → qishloq/shaharchani tanlang, manzilni yozing yoki xaritadan belgilang. 4. To'lov usulini tanlang: naqd, Click, Payme, Paynet yoki karta. 5. Buyurtma sahifasida sotuvchining QR-kodi, to'lov havolasi yoki karta raqami chiqadi.

Holatlar: Qabul qilindi → Tayyorlanmoqda → Yo'lda → Yetkazildi. Har o'zgarishda botga xabar keladi. «Qabul qilindi» holatida buyurtmani o'zingiz bekor qila olasiz. Yetkazish: 15 000 so'm, 150 000 so'mdan yuqori buyurtmada bepul.

Sotuvchi bo'lish

1. Menyudan «Sotuvchi bo'lish» ni oching. 2. Do'koningiz nomini o'zingiz yozing va «Ariza yuborish» ni bosing. 3. Admin tasdiqlagach botga xabar keladi — botda /start bosing. 4. Kabinetga kirganda sotuvchi shartnomasini (oferta) o'qib qabul qiling. Savdo uchun my.gov.uz orqali o'zini o'zi band qilgan shaxs yoki YaTT maqomi kerak.

Sotuvchi kabineti

Yuqorida — do'koningiz: rasmni o'zgartirish uchun doirachani, nomni o'zgartirish uchun qalamchani bosing. • Mahsulotlar: qo'shish (nom, toifa, narx, qoldiq, 6 tagacha rasm), tahrirlash, yashirish. • Buyurtmalar: holatni o'zgartirish, «To'landi deb belgilash». • To'lov va savdo usuli: «O'zim yetkazaman» yoki «Omborga topshiraman»; QR-kod, Click/Payme/Paynet havolasi, karta. Havola va QR-kodni qayerdan olish yo'riqnomasi shu bo'limda. • Chegirmalar, Sharhlar, Hisobotlar (Excel/CSV/PDF).

Telegram bot

Buyruqlar ☰ Menyu tugmasida: /buyurtmalar — buyurtmalaringiz, /sayt — saytni ochish, /yordam — aloqa. Sotuvchilar uchun: /yangi — faol buyurtmalar tugmalar bilan, /sotuv — bugungi savdo. Yangi buyurtma kelganda sotuvchiga xabar, xaridor joylashuvi va tugmalar keladi: «Qabul qildim» → «Yo'lga chiqdi» → «Yetkazildi», «To'lov olindi».

Narxlar

Xaridor uchun platforma bepul. Sotuvchi ulushi: o'zi yetkazsa 3%, ombor orqali 7% (faqat yetkazilgan buyurtmalardan). 2027-yil 1-yanvargacha ulush olinmaydi. To'liq shartlar — «Sotuvchi shartnomasi» sahifasida.